Madhiya

"O'zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi to'g'risida"gi Qonun 1992 yil 10 dekabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o'n birinchi sessiyasida qabul qilingan.
 
Mutal Burhonov musiqasi
Abdulla Oripov so'zi

Madhiya matni

Serquyosh hur o'lkam, elga baxt, najot, 
Sen o'zing do'stlarga yo'ldosh, mehribon! 
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod, 
Shuhrating porlasin toki bor jahon! 

Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston, 
Ajdodlar mardona ruhi senga yor! 
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon, 
Olamni mahliyo aylagan diyor! 

Bag'ri keng o'zbekning o'chmas iymoni, 
Erkin, yosh avlodlar senga zo'r qanot! 
Istiqlol mash'ali tinchlik posboni, 
Xaqsevar, ona yurt, mangu bo'l obod! 

Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston, 
Ajdodlar mardona ruhi senga yor! 
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon, 
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Toshkentda ob-havo

Toshkent

Bugun 08:00 vaqtdagi ob-havo

+6,2 °C

So'rovnoma

Sizningcha, korrupsiyaning sabablari nima?
UZ-CERTified Hosting by UZINFOCOM