O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 31.12.2015 yildagi РФ-2463 sonli qaroriga binoan “O’zbekekspertiza”AJ O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, Investitsiyalar va savdo vazirligi tizimiga qarashli bo’lgan tashkilotlar ro’yxatiga kiritildi. “O’zbekekspertiza” AJ tizimi Toshkent shahrida joylashgan bosh korxona, va “Aeroport”, “Sergeli”, “Nazarbek”, “Aktsiz posti” filiallaridan, Toshkent viloyatida joylashgan, “Olmaliq”, “Chirchiq”, “Bekobod”, “Angren” filiallaridan, hamda O’zbekiston Respublikasining barcha xududlarida joylashgan 12 mintaqaviy sho’ba korxonalardan iborat. “O’zbekekspertiza” AJ Faoliyatida O’zbekiston Respublikasida o’rnatilgan qonun va tartiblarga asosan erkin tashqi savdo aloqalarini olib boradi. Jamiyat O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan yuridik tashkilot xisoblanadi, o’zining mustaqil balansida xisobga olinadigan aloxida mol-mulkga, shu jumladan o’zining ustav kapitaliga berilgan mol-mulkga ega bo’ladi, o’z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy xuquqlarni olishi xamda amalga oshirishi, zimmasiga majburiyatlar olish, sudda davogar va javobgar bo’lishi mumkin.
2016-2018 YILARGA TASHKILOTDA KELGUSIDA BELGILANGAN ASOSIY VAZIFALAR!
1. Mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni iqtisodiy rivojlanishiga amaliy yordam ya’ni ekspertizadan o’tkazish bo’yicha bepul ma’lumotlarni taqdim etish!
2. Jamiyatning biznes rejasiga muvofiq rejalashtirilayotgan ish tartibini va xajmini ta’minlash!
3. Jamiyatga, strateg axamiyatga ega bo’lgan chet-el investorlarini jalb qilish!
4. Korxonadagi ishlab chiqarish xizmat faoliyatini rivojlantirish, doimiy xizmatdan tushadigan foydani, tan-narxidan oshib boruvchi sarf-xarajatlarni qisqartirish!
5. Yuksalib borayotgan texnologiyalar xususiyatiga to’liq javob bera oladigan mutaxassislar,yetuk malakli xodimlar tayyorlash!
Xozirgi kunga kelib tashkilotda xizmat turlarini yanada jadallashtirish, chuqur islox qilish, zamonaviylashtirish talalariga muvofiq yillik tushumdan 10% dan kam bo’lmagan miqdorda tashkilot va uning mintaqadagi bo’limlariga ajratish ya’ni sinov-tajriba kompleksi, sertifikat xizmatlari sifatini yaxshilash uchun jalb qilinadi. Bularning bari mamlakatdagi tadbirkorlarning tashqi aloqalar bilan bevosita uzviy bog’lanib, eksport-import soxalarida ortiqcha noqulayliklarga duch kelmasliklari uchun xizmat qiladi desak mubolag’a bo’lmaydi. “O’zbekekspertiza” AJ yurtimizda qaratilinayotgan iqtisodiy rivojlanishga bo’lgan chora tadbirklarga o’z xissasini qo’shayotgan nufuzli tashkilotlardan biri xisobalanadi!