Toshkent va Dushanbe shaharlarida Koreya Respublikasi ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-forumlar bo'lib o'tdi

2018 yil 9-12 oktabr kunlari “Evergreen Motors Co.” mas'uliyati cheklangan jamiyati raisi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faxriy maslahatchisi Kim Chang Kyon va Koreya Kichik va o'rta biznes uyushmasi raisi Kim Yong Gu rahbarligidagi Koreya ishbilarmon doiralari uch tomonlama forumda ishtirok etish maqsadida O'zbekiston va Tojikistonga tashrif buyurishdi. Tadbir tashkilotchilari – Tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va O'zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi.

Koreya Respublikasi delegatsiyasi savdo, transport, logistika, qurilish, metallurgiya, avtomobilsozlik, elektrotexnika, to'qimachilik, oziq-ovqat sanoati va sayyohlik kabi sohalarda faoliyat ko'rsatadigan kompaniyalarning 70 nafar rahbar va vakillari tarkibidan iborat.

10 oktyabr kuni Dushanbedagi biznes-forumda savdo-iqtisodiy va hamkorlik aloqalarining istiqbolli yo'nalishlari muhokama qilindi va Koreya kompaniyalaridan o'zbek-tojik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun zamonaviy texnologiyalar va kapitalni jalb qilish bo'yicha fikr almashildi. Forumda O'zbekiston tomoni davlat organlari, sanoat korxonalari va assotsiatsiyalarining 25 nafar vakillari ishtirok etdi. Ta'kidlash joizki, forum davomida B2B formatida hamda uch tomonlama uchrashuvlar, shuningdek, sanoat korxonalariga tashriflar tashkil etildi. Tadbirlar Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonning 2018 yil 17-18 avgust kunlari O'zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida o'tkazildi.

11-oktabr kuni ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining 150 nafardan ortiq vakili ishtirokida O'zbekiston-Koreya biznes-forumi bo'lib o'tdi. Forumning rasmiy qismidan keyin B2B va B2G formatlarida uchrashuvlar tashkil etildi. Natijada tadbir ishtirokchilari o'rtasida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy bitimlar imzolandi.

12-oktabr kuni Koreya delegatsiyasi Angren EIZga, boshqa sanoat korxonalariga, shuningdek, Toshkentning diqqatga sazovor joylariga tashrif buyuradi. Bu yerda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari o'rtasida uchrashuvlar o'tkazish imkoniyati bo'ladi.

 

Tashqi savdo vazirligi
Matbuot xizmati

Toshkentda ob-havo

Toshkent

Bugun 08:00 vaqtdagi ob-havo

+6,2 °C

So'rovnoma

Sizningcha, korrupsiyaning sabablari nima?
UZ-CERTified Hosting by UZINFOCOM