Toshkentda Tashqi iqtisodiy faoliyatning JST Savdoni osonlashtirish to‘g‘risidagi Bitimga muvofiqligi muhokama qilindi

2018 yilning 3-4 oktyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi tomonidan Jahon bankining tarkibiy bo‘linmasi – Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) ko‘magida Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun ichki tartib-taomilni Jahon savdo tashkilotining Savdoni osonlashtirish to‘g‘risidagi Bitimi qoidalariga muvofiqligini baholash bo‘yicha ikki kunlik seminar o‘tkazildi.

Tadbirda Respublika vazirliklari va idoralari, shuningdek, mahalliy biznes vakillaridan iborat 50 dan ziyod mutaxassislar ishtirok etishdi.

Unda xalqaro moliya korporatsiyasining malakali mutaxassislari ko‘magida seminar ishtirokchilari Konvensiya moddlarining qoidalarini ko‘rib chiqishdi, shuningdek, milliy normativ-huquqiy hujjatlarni uning me’yorlariga muvofiqligini tahlil qilishdi.

Savdoni osonlashtirish to‘g‘risidagi Bitim 2017 yil 22-fevralda kuchga kirdi. U 3 qismdan va 24 banddan iborat. Hujjat bojxona nazorati samaradorligini oshirish, chegara bo‘ylab tovarlar yetkazib berish vaqtini va xarajatlarini qisqartirish, shuningdek, rasmiylashtirish jarayonini bartaraf etish va ularning oshkoraligini ta’minlashga qaratilgan.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, milliy normativ-huquqiy hujjatlarni Bitim qoidalariga muvofiqlashtirish, shuningdek, uning qoidalarini amalga oshirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida “Yo'l xaritasi” ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan.

Tashqi savdo vazirligi
Matbuot xizmati

Toshkentda ob-havo

Toshkent

Bugun 14:00 vaqtdagi ob-havo

+5,4 °C

So'rovnoma

Sizningcha, korrupsiyaning sabablari nima?
UZ-CERTified Hosting by UZINFOCOM