O‘zbek paxtasi AQSh mahsulotlarining “qora ro‘yxatidan” chiqarildi

2018 yil 25 sentyabr kuni O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasining Orenburg viloyatiga tashrif buyurdi. Unda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Delegatsiya tarkibini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi huzuridagi quyi tashkilotlarning rahbarlari, “Uztrade” AK, “O‘rta Osiyo Trans” AJ va boshqalar tashkil etdi.

AQSh Mehnat Departamenti bolalar mehnatiga doir yangi hisobotlarni e’lon qildi, unda O‘zbekistonda vaziyat yaxshilangani alohida ta’kidlandi va shu bilan bir qatorda “Bolalar mehnati yoki majburiy mehnat bilan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ro‘yxati” deb nomlangan qo‘shimcha hisobotni e’lon qildi.

Ushbu yillik ro‘yxat sakkizinchi marta chop etilmoqda. O‘zbek paxtasi 2009 yilda mazkur ro'yxata kiritilgan edi.

Ayni paytda AQSh Mehnat Departamentining oxirgi hisobotiga ko‘ra, o‘zbek paxtasi bolalar mehnatidan foydalangan holda tayyorlangan mahsulotlarning “qora ro‘yxati” dan chiqarildi.

Ushbu qaror O‘zbekistonning jahon miqyosidagi obro‘siga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va to‘qimachilik sohasidagi yetakchi xorijiy brendlar bilan hamkorlik qilish imkoniyatlarini yaratib beradi (Gucci, Louis Vuitton, H&M, Adidas, Nike va boshqalar). Shuningdek, rivojlangan davlatlar, xususan, Yevropa Ittifoqi davlatlari, Shimoliy Amerika va Yaponiyaga eksport qilinadigan to‘qimachilik mahsulotlari uchun yangi yangi bozorlar paydo bo‘ladi.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston hukumati majburiy mehnatni bartaraf etishga qaratilgan amaliy ishlarni kuchaytirdi. BMT Bosh assambleyasida 2017 yil sentyabrida so‘zga chiqqan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda majburiy mehnat masalasini to‘liq hal etish niyatida ekanini yana bir bor ta’kidladi.

Joriy yilda O‘zbekiston hukumati paxta terimida majburiy mehnatni oldini olish bo‘yicha bir qator aniq chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Xususan, aholini majburiy jalb qilishni oldini olish maqsadida davlat monitoringi kuchaytirildi, aholi o‘rtasida axborot tashviqoti keng tarzda olib borildi, mansabdor shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish uchun yangi mexanizmlar ishga tushirildi va paxta terimchilar uchun tariflar ko‘paytirildi.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz, bu yil O‘zbekistonga paxta terimini kuzatish uchun “Cotton Campaign” tashkiloti vakillari tashrif buyurishi kutilmoqda.

Tashqi savdo vazirligi
Matbuot xizmati

Toshkentda ob-havo

Toshkent

Bugun 08:00 vaqtdagi ob-havo

+10,6 °C

So'rovnoma

Sizningcha, korrupsiyaning sabablari nima?
UZ-CERTified Hosting by UZINFOCOM