“Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasi doirasida mahalliy to‘qimachilik mahsulotlari ko‘rgazma zaliga hamda ishlab chiqarish korxonalariga ekskursiyalar tashkil etildi

2018 yil 28 noyabr kuni “Made in Uzbekistan” xalqaro eksport ko‘rgazmasining ikkinchi kunida “Turkiston” mahalliy to‘qimachilik mahsulotlari ko‘rgazma zaliga, shuningdek “Crafers” qandolat fabrikasiga hamda “Artel Group” elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi zavodga ekskursiyalar o‘tkazildi.

Xorijiy mehmonlar va tadbir ishtirokchilari mahalliy korxonalarning ishlab chiqarish quvvati va salohiyati bilan bevosita tanishib olishdi. Mehmonlar O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning yuqori sifatliligini va raqobatbardosh narxlarini alohida ta’kidladilar.

Tashrif chog‘ida shuningdek to‘qimachilik, oziq-ovqat va elektrotexnika sanoatida ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik o‘rnatish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, “Made in Uzbekistan” birinchi Xalqaro eksport ko‘rgazma-yarmarkasi yangi formatda o‘tkazilmoqda: ko‘rgazma bilan bir vaqtda O‘zbekiston iqtisodiyotining tarmoqlari bo‘yicha tematik konferensiyalar va davra suhbatlari, ishlab chiqarish korxonalariga, milliy hunarmandchilik ustaxonalari va moda ko‘rgazmalariga tashriflar uyushtirilmoqda.

30 noyabrga qadar ko‘rgazmada e-tijoratni rivojlantirish, farmatsevtika, neft-kimyo sanoati, qurilish va elektrotexnika sanoati bo‘yicha konferensiyalar, tashqi savdo kompaniyalari taqdimotlari va davra suhbatlari o‘tkaziladi.

Tashqi savdo vazirligi Matbuot xizmati

Toshkentda ob-havo

Toshkent

Bugun 05:00 vaqtdagi ob-havo

+3,7 °C

So'rovnoma

Sizningcha, korrupsiyaning sabablari nima?
UZ-CERTified Hosting by UZINFOCOM