Nyu-Deli shahrida 104,1 mln. dollar miqdorda eksport va import shartnomalari imzolandi

2018-yil 28-29 sentabr kunlari Nyu-Deli shahrida “O’zbekistonda ishlab chiqarilgan” milliy mahsulotlar ko’rgazmasi va O’zbekiston-Hindiston biznes-forumi davomida umumiy 104,1 mln. dollar miqdorida 29 ta shartnoma imzolandi. Ikki davlat tashkilotlari va ishbilarmon doiralarining 100dan ziyod vakillari ishtirok etgan ushbu tadbirlar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Hindiston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida tashkil etildi.

Jumladan, tomonlar umumiy 102,1 mln. dollarlik eksport shartnomalari va 1 ta import kelishuvini (2 mln. dollar) imzoladilar. Eksport shartnomalari qishloq xo’jaligi mahsulotlari (quritilgan mevalar, dukkakli mahsulotlar, bodom, qizilmiya ildizi), kimyo, shuningdek tekstil mahsulotlari yetkazib berishdan iborat, import shartnomasi esa qurilish materiallarini sotib olishni nazarda tutadi.

Tadbirlar O’zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo’yicha Davlat qo’mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Tashqi savdo vazirligi hamda “O’zekspomarkaz” milliy ko’rgazmalar majmuasi tomonidan tashkil etildi.

 

Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati

Toshkentda ob-havo

Toshkent

Bugun 08:00 vaqtdagi ob-havo

+6,2 °C

So'rovnoma

Sizningcha, korrupsiyaning sabablari nima?
UZ-CERTified Hosting by UZINFOCOM