O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirining o‘rinbosari tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 17 dekabrdagi 4062-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasining Latviya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimini egallagan Badriddin Abidov O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Badriddin Nuriddinovich Abidov Toshkent avtomobil yo'llari instituti va Toshkent davlat chet tillar pedagogika institutini tamomlagan. U rus, ingliz va fransuz tillarini biladi.

Badriddin Abidov diplomatiya, tashqi iqtisodiy faoliyat va xalqaro huquq sohasida katta tajribaga ega. O'z faoliyatini 1992 yilda Toshkent avtomobil va yo'llar institutida stajyor-izlanuvchi sifatida boshlagan. 1993 yildan 2013 yilgacha O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va O'zbekistonning chet eldagi diplomatik missiyalari tarkibida turli lavozimlarda ishlagan. Xususan, 2003 yildan 2013 yilgacha O‘zbekistonning Jenevadagi BMT bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi Doimiy vakolatxonasida 1-kotib, Vakolatxona rahbari vazifasini bajarib kelgan. 2014 yilda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazining Inson huquqlari bo‘yicha xalkaro hamkorlik bo‘limi mudiri etib tayinlandi. Keyinchalik “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi Tashqi iqtisodiy aloqalar va investitsiyalarni jalb qilish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i, 2016-2018 yillarda esa Tashqi ishlar vazirligi Yevropa mamlakatlari va NATO bilan hamkorlik boshqarmasi birinchi kotibi, Yevropa Ittifoqi va NATO tuzilmalari bilan hamkorlik bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi vazifalarida faoliyat olib borgan.

Vazir o‘rinbosariga O‘zbekiston Respublikasi Jahon savdo tashkiloti (JST)ga a’zo bo‘lishi bo‘yicha masalalarni olib borish, shuningdek, tashqi savdoda bojxona va tariflarni tartibga solish, importni optimallashtirish, transport koridorlarini rivojlantirish va eksport yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish vazifalari yuklatilgan.

 

Tashqi savdo vazirligi Matbuot xizmati

Toshkentda ob-havo

Toshkent

Bugun 05:00 vaqtdagi ob-havo

+3,7 °C

So'rovnoma

Sizningcha, korrupsiyaning sabablari nima?
UZ-CERTified Hosting by UZINFOCOM