Toshkentda O'zbekiston va BAA ishbilarmon doiralari ishtirokida biznes-forum bo'lib o'tdi

2018 yil 3 oktabr kuni Toshkentda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsion aloqalarni rivojlantirish maqsadida O'zbekiston-BAA biznes-forumi bo'lib o'tdi. Tadbir O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo'yicha Davlat qo'mitasi tomonidan tashkil etildi.

Anjumanda O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari Suhrob Xolmurodov, Tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjaev, O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov, Birlashgan Arab Amirliklari savdo-sanoat palatasi raisi o'rinbosari Ibrohim Al-Mahmud, Investitsiyalar bo’yicha Davlat qo’mitasi raisining o’rinbosari Shuhrat Vafaev, Turizmini rivojlantirish davlat qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Ulug'bek Qosimxo'jaev, “O'zbekneftegaz” OAJ boshqaruvi raisi Bahrom Ashrafxonov va “O'zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi o'rinbosari Azmiddin Qambarovlar nutq so‘zladi.

Biznes-forumda 80 ta neft, gaz, kimyo, elektrotexnika, to'qimachilik, farmatsevtika, charmsanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarida faoliyat ko‘rsatayotgan ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi. Forumning rasmiy qismidan so‘ng ishtirokchilar o‘rtasida B2B uchrashuvlari o‘tkazildi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va o'zaro tovar ayirboshlashning barqaror o'sishiga erishish ikki mamlakat o'rtasidagi o'zaro manfaatli hamkorliknining asosiy vazifa ekanligini qayd etib, ushbu tadbir hamkorlikni yanada mustahkamlashiga umid bildirishdi.

 

Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati

Toshkentda ob-havo

Toshkent

Bugun 05:00 vaqtdagi ob-havo

+5,2 °C

So'rovnoma

Sizningcha, korrupsiyaning sabablari nima?
UZ-CERTified Hosting by UZINFOCOM