Rahbariyat

Vazir

Khodjaev Jamshid Abduhakimovich

Telefon: 238-50-00

Faks: 238-50-20

E-mail: secretary@mft.uz

Qabul kunlari: Shanba 11:00 dan- 12:00 gacha

Tarjimai hol

Xodjaev Jamshid Abduhakimovich

Tashqi savdo vaziri

 

1979-yilda tavallud topgan.

Oilali, 3 nafar farzandi bor.

 

Ta’lim

2000-yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Ingliz, rus va turk tillarini mukammal biladi.

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prеzidеnti tashabbusi bilan iqtidorli talabalar uchun tashkil etilgan “Umid” jamg‘armasi stipendianti. 2003-yilda Buyuk Britaniyadagi Birmingem universiteti xalqaro iqtisodiy aloqalar va davlat boshqaruvi yo‘nalishi magistranti.

Xodjaev muntazam ravishda Commerzbank (GFR), Xalqaro valyuta fondi (AQSh), Standard Bank (JAR), JPMorganChase (AQSh), Rossiya banki (RF), Natixis (Fransiya), KB Kookmin (Janubiy Koreya), DBS (Singapur), Credit Suisse (Shveytsariya) va shu kabi xorijiy tashkilotlardagi seminar-treninglar va o‘quv kurslarida o‘z malakasini oshirib kelgan.

J.Xodjaevning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi faoliyati:

Jamshid Xodjaev O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida Valyutani tartibga solish va tashqi aloqalar departamenti yetakchi mutaxassisi lavozimidan Xalqaro rezervlarni boshqarish departamenti direktorigacha bo‘lgan professional yo‘lni bosib o‘tdi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, uning Markaziy bank tizimidagi 14 yillik faoliyatning 8 yili – rahbarlik lavozimida bo‘lgan.

Shu o‘rinda J.Xodjaevning bevosita ishtiroki bilan xalqaro moliya va xomashyo bozoridagi AQSh, Fransiya, Shveytsariya, Yaponiya, Singapur, Janubiy Koreya va dunyodagi yetakchi bir qator mamlakatlarning banklari bilan strategik hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, eng yirik axborot-tahliliy kompaniyalar – Reuters hamda Bloomberg bilan ham o‘zaro hamkorlik o‘rnatilgan.

Shu bilan bir qatorda J.Xodjaev rahbarligida dunyoning yetakchi mamlakatlari (Yaponiya, Janubiy Koreya, Yevropa davlatlari) tajribasi asosida respublikaning oltin-valyuta zaxirasi samarali boshqaruvi, xorijiy banklar bilan hamkorlikda xalqaro moliyaviy va xomashyo bozorlarini fundamental va texnik tahlil qilish tizimi amalda joriy etilgan.

J.Xodjaevning O‘zbekiston Milliy bankidagi faoliyati:

2017 yilda Jamshid Xodjaevning professionallik darajasi va shaxsiy fazilatlarini inobatga olinib, O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Uning nazorati ostida g‘aznachilik, tashqi iqtisodiy faoliyat, axborot texnologiyalari, loyihaviy moliyalashtirish va boshqa bo‘limlar faoliyati bo‘lgan. Bundan tashqari, Xodjaev Milliy bankni modernizatsiya qilishda ham faol ishtirok etgan.

J.Xodjaevning O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasidagi faoliyati:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qaroriga muvofiq, 2017-yil avgust oyida Xodjaev O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga kirimlar to‘liqligini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasidagi faoliyat davomida J.Xodjaev byudjet siyosati, byudjetning daromadli qismi to‘liqligini ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish holatini o‘rganish hamda oliy nazorat organi vakolatidagi boshqa vazifalarni ham bajarishni o‘z zimmasiga olgan.

Tashqi savdo vaziri lavozimida:

2017 yil oxirida Jamshid Xodjaev O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vaziri etib tayinlandi.

Vazir lavozimida Xodjaev mamlakat iqtisodiyotining bosqichma-bosqich liberallashuvi va xalqaro standartlarga to‘laqonli javob bera olishiga amalda erishishni o‘zining eng asosiy vazifalardan biri deb hisoblaydi. Hozirgi kunda Jamshid Xodjaev rahbarligida vazirlik va idoraviy tashkilotlar tomonidan tashqi savdo faoliyatida birlashgan davlat siyosatini ishlab chiqish va joriy etish; jahon bozorining kompleks marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi eksport salohiyatini takomillashtirish dasturlarini ijro etish, mahsulot va xizmatlar eksportini qo‘llab-quvvatlash, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar bilan savdo aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlarning tashqi bozorlarga qulay sharoitlarda kirishini ta’minlash, bozorlar diversifikatsiyasiga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni tashkil etish, tashqi savdoning asosiy indikatorlarini tashkil etish va bojxona-tarif siyosatini takomillashtirishda ishtirok etish; tashqi savdoni liberallashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, mahsulotlar tashqi savdosida davlat siyosatini olib borish bilan bog‘liq vazifalar koordinatsiyasi, tashqi savdoda tarif va notarif tartibga solish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni, jumladan tranzit, logistika va transport koridorlarini takomillashtirish masalalarini tashkil etish ishlari olib borilmoqda.

Bugungi kunda Vazirlik respublikaning eksport salohiyatini mustahkamlash uchun yagona tizimni yaratish bo‘yicha hukumatning siyosatini amalga oshirish bilan bir qatorda eksportchilarga moliyaviy va iqtisodiy yordamni kengaytirish, axborot va konsalting xizmatlarining samaradorligini oshirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi bozorlardagi faoliyatida sharoitlarni yaxshilash, eksport faoliyatiga oid mavjud cheklovlar hamda to‘siqlarni bartaraf etish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratmoqda.

- Vazirlik faoliyati yuzasidan umumiy boshqaruvni amalga oshiradi, O'zbekiston Respublikasi tashqi savdo siyosatini amalga oshirish, horijiy mamlakatlar va xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, tashqi savdoning shartnomaviy-huquqiy asoslarini  yanada rivojlantirish, O’zbekiston Respublikasining tashqi savdo faoliyati sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish hamda Vazirlikning moliyaviy ta'minoti masalalarini muvofiqlashtiradi;

-chet el bozorlarini strategik tadqiqotlarini o’tkazish, horijiy hamkorlar bilan mustahkam va uzoq muddatli aloqalarni o’rnatishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, tashqi savdoni tartibga solish, antidemping taftishlarini o’tkazish hamda muhofaza va kompensatsiya chora-tadbirlarini qo’llash masalalarini muvofiqlashtiradi;

-tashqi savdo faoliyatini tartibga  solish sohasida davlat boshqaruv organlari ishini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;

- tovarlar (ish va hizmatlar), jumladan spetsifik tovarlar va sanoat mahsulotlarining tashqi savdosi sohasida davlat siyosatini olib borish bo’yicha tadbirlarni hamda tashqi savdoni tartibga solishda tarif va notarif choralarni qo’llash masalalarini muvofiqlashtiradi;

-Vazirlikda samarali kadrlar siyosatini amalga oshiradi.


Vazir o'rinbosari

Saifnazarov Saxib Ismailovich

Telefon: 238-50-02

Faks: 238-50-20

E-manzilsecretary@mft.uz

Qabul kunlari: Shanba 11:00-12:00

1973 yil Toshkent shahrida tug'ilgan
Millati - o'zbek
Ma'lumoti – oliy, 1996 y. Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini tugatgan
Mutaxassisligi: iqtisodchi, iqtisod fanlari nomzodi

MEHNАТ FAОLIYAТI

1991-1996 yy. - Tоshkеnt Davlat iqtisodiyot universiteti talabasi
1996-1998 yy. - "O`zbekqishloqmash” ishlab chiqarish birlashmasi reja-iqtisodiyot bo`limi iqtisodchisi
1996-1999 yy. - Tоshkеnt Davlat iqtisodiyot universiteti аspiranti
1999-2001 yy. - Тоshkent viloyati hokimligi ijroiya mahkamasining axborot-tahlil guruhi mutaxassisi
2001-2001 yy. - O`zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot vа stаtistika vazirligi Nazorat sektorining etakchi mutahassisi
2001-2003 yy. - O`zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot vа stаtistika vazirligi Nazorat sektorining rahbari
2003-2004 yy. - O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Ishlar boshqarmasi Nazorat guruhining rahbari
2004-2005 yy. - O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Kommunikatsiyalar va axborot texnologiyalari bo`limi boshlig'i o`rinbosari
2005-2009 yy. - O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Kommunikatsiyalar, transport va axborot texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasi boshligi
2009-2012 yy. - O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Iqtisodiyotni modernizatsiyalash  va sanoatni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig`i
2012-2017 yy. - "Angren" Erkin iqtisodiyot zonasi direktsiyasi" Davlat unitar korxonasi direktori
2017-2017 yy. - O`zbekiston Respublikasi Avtomobil yo`llari davlat qo`mitasi raisining o`rinbosari
2017 й. -  h.v.  - O`zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirining o`rinbosari

Ingliz va rus tillarini biladi.
Oilali, ikki nafar farzandi bor.

-jahon bozorlarini kompleks marketing tadqiqotlarini o’tkazish, O’zbekiston Respublikasining eksport salohiyatini rivojlantirish bo’yicha dasturlarni amalga oshirish, tashqi bozorlar talablarini hisobga olgan holda, respublikada ishlab chiqarialdigan yuqori qo’shilgan qiymatli mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish va rivojlantirish bo’yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish masalalarini muvofiqlashtiradi; 

-ho’jalik sub’yektlariga ishonchli horijiy hamkorlarni topish va tanlashga  hamda mahalliy tashkilotlarga horijiy mamlakatlarida o’tkaziladigan tender savdolarida, xalqaro savdo-sanoat ko'rgazmalarida, yarmarkalarida va shunga o'xshash tadbirlarda qatnashishlariga amaliy yordam ko’rsatish masalalarini muvofiqlashtiradi;

-O’zbekiston Respublikasi tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish, jumladan, tranzit  salohiyatini oshirish, logistika va transport koridorlarini takomillashtirish bo’yicha takliflarni tayyorlash hamda mahalliy homashyo asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va import o’rnini bosish masalalarini muvofiqlashtiradi.  


Toshkentda ob-havo

Toshkent

Bugun 14:00 vaqtdagi ob-havo

+5,4 °C

So'rovnoma

Sizningcha, korrupsiyaning sabablari nima?
UZ-CERTified Hosting by UZINFOCOM