• MFT1
  • MFT_1

Yangiliklar

28.08.2017 | 10:52 Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifini Islom Karimov qabrini ziyorat qilishdan boshladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-avgust kuni Samarqandga keldi. Davlatimiz rahbari viloyatga tashrifini Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qabrini ziyorat qilishdan boshladi.  Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov qabriga gul qo‘ydi. Qur’on tilovat qilindi.  Prezidentimiz bu yerda amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.  Davlatimiz rahbarining 2017-yil 25-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Samarqand shahrida Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik majmuasi barpo etilmoqda. 
14.08.2017 | 16:42 Markaziy Osiyo – O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi
Aynan shu mavzu 2017-yil 11-avgust kuni poytaxtimizda o‘tkazilgan xalqaro anjuman ishtirokchilarining diqqat markazida bo‘ldi.  Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Xalqaro munosabatlar axborot-tahlil markazi, BMT Taraqqiyot dasturining mamlakatimizdagi vakolatxonasi hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT) loyihalari koordinatori ofisi bilan hamkorlikda tashkil etildi.  Tadbirni kirish so‘zi bilan ochgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan Markaziy Osiyoning mamlakatimiz tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilangani davlatimizning yaqin qo‘shnilar bilan do‘stlik, o‘zaro manfaat va yaxshi qo‘shnichilik tamoyillariga asoslangan munosabatlar o‘rnatishga samimiy intilishi ekanini alohida ta’kidladi.  Markaziy Osiyoning barcha davlatlari bilan umumiy chegaraga ega O‘zbekiston, shubhasiz, mintaqani barqarorlik, izchil taraqqiyot va yaxshi qo‘shnichilik hududiga aylantirishdan manfaatdor. Mamlakatimiz taraqqiyotining chegaralarimiz xavfsizligidan tortib suv resurslarini oqilona taqsimlashgacha bo‘lgan barcha muhim hayotiy masalalarini hal etish mintaqamiz bilan chambarchas bog‘liq. Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan, xavfsizligi ta’minlangan Markaziy Osiyo O‘zbekiston uchun eng asosiy maqsaddir. Transport-kommunikatsiya va energetika sohalaridagi yirik mintaqaviy loyihalarni qo‘shni mamlakatlar bilan faol hamkorlik qilmasdan, ularning yuksak darajada integratsiyalashuvini ta’minlamasdan amalga oshirib bo‘lmaydi. 
12.08.2017 | 16:35 Mamlakatimiz iqtisodiyoti yuksalishida muhim qadam
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 11-avgust kuni Toshkent viloyatining Olmaliq shahriga tashrif buyurdi.  Davlatimiz rahbari “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rivojlanishining ikkinchi bosqichi” loyihasi bo‘yicha ishlar boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etdi.  Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mamlakatimizning rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqaruvchi yetakchi korxonalaridan hisoblanadi. Mazkur investitsiyaviy loyiha ikki bosqichda amalga oshiriladi.  2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, tarkibiy islohotlarni chuqurlashtirish orqali uning raqobatbardoshligini oshirish asosiy ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilangan. 

Vazirlik tadbirlari

03.07.2017 | 16:07 «POSCO» kompaniyasi ijrochi direktori bilan bo`lib o`tgan uchrashuv to`g`risida
Joriy yilning 3 iyul kuni Tashqi savdo vazirligida «POSCO Daewoo Corporation» kompaniyasining Prezidenti va ijrochi direktori Yong Sang Kim bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.
03.07.2017 | 13:40 Hindiston kompaniyasi delegatsiyasi bilan bo`lib otgan uchrashuv to`g`risida
Joriy yilning 3 iyul kuni Tashqi savdo vazirligida «MJ Group» Hindiston kompaniyasi raisi Jashvantlal Shah bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.
29.06.2017 | 19:53 Хitoy kompaniyasi delegatsiyasi bilan bo`lib o`tgan uchrashuv to`g`risida
Joriy yilning 29 iyun kuni Tashqi savo vazirligida xitoyning «Peng Fei Jiantao Ceramica» kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.