O'zbekiston yangiliklari

Davrda.davrdan...:   Select date in calendar   gacha:   Select date in calendar    
12.07.2017 | 11:28 O‘zbekiston Prezidenti Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari – tashqi ishlar vazirini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-iyul kuni Toshkentga amaliy tashrif bilan kelgan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri Rashid Meredovni qabul qildi.  Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari do‘st Turkmaniston xalqiga va Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovga o‘zining chuqur hurmatini izhor etdi va samimiy salomini yo‘lladi.  Siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro munosabatlar izchil rivojlanib, mustahkamlanib borayotgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi. 
11.07.2017 | 11:19 Sergeli tumanida 2 ming 500 dan ziyod oila Mustaqillik bayramini yangi uyda kutib oladi
Bugun Sergeli tumanining 6-mavzesi ulkan qurilish maydoniga aylangan. Bu yerda 66 ta 7 qavatli uy bunyod etilmoqda. Ular Vatanimiz mustaqilligining 26-yilligi arafasida foydalanishga topshiriladi. Mazkur turar joylar tufayli 2 ming 500 dan ziyod oila yangi uyga ko‘chib o‘tadi.  Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 10-iyul kuni mazkur uy-joylar qurilishi bilan tanishdi. 
27.06.2017 | 15:12 Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayiti kuni bemorlar holidan xabar oldi
Ramazon oyi ma’naviy-ruhiy hayotimizda, jamiyatimizdagi o‘zaro ahillik va mehr-oqibat muhitini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. Xalqimiz azal-azaldan ushbu muborak kunlarda o‘zgalarga alohida mehr-muruvvat ko‘rsatgan, bemorlar holidan xabar olgan, ko‘makka muhtoj insonlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlagan. Bu an’ana mamlakatimizda olib borilayotgan kuchli ijtimoiy himoya siyosatiga ham uyg‘undir.  Davlatimiz rahbarining 2017-yil 20-iyundagi “Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga binoan ushbu ayyom ezgulik, xayru saxovat ruhida o‘tmoqda. Keksalar, bemorlar holidan xabar olinmoqda.  Ana shu an’anaga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-iyun kuni Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasini borib ko‘rdi. 
26.06.2017 | 15:01 Hamdardlik
Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti  Mamnun Husayn  Janobi Oliylariga  Janobi Oliylari!  Pokistonning Panjob muzofotida yuz bergan fojia oqibatida ko‘plab insonlarning hayotdan ko‘z yumgani va jarohat olgani to‘g‘risidagi xabar bizni qattiq qayg‘uga soldi. 
24.06.2017 | 14:58 Amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil rivojlantirish – xalqimiz farovonligini yuksaltirishning muhim omilidir
Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, investitsiya loyihalari ijrosining borishi bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 22-23-iyun kunlari Farg‘ona viloyatida bo‘ldi.  Davlatimiz rahbari tashrifning birinchi kuni qishloq xo‘jaligi korxonalari tashkil etish, ish o‘rinlari yaratish, ilm-fan va madaniyatni rivojlantirish, viloyat eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha yangi loyihalar bilan tanishib, mutaxassislar, tadbirkorlar, fermerlar bilan suhbatlashdi. Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.  Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashrifining ikkinchi kuni Farg‘ona shahridagi Nuroniylar maskanini borib ko‘rdi. Mamlakatimizda nuroniylarga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, ularni ijtimoiy muhofaza qilish, turmush sharoitini yanada yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2016-yil 28-dekabrdagi “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda. 
13.06.2017 | 10:25 O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlarining telefon orqali muloqoti to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘rtasida 12-iyun kuni telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.  Prezidentimiz 2017-yil 8-9-iyun kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etish uchun Ostona shahriga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston delegatsiyasiga ko‘rsatilgan hurmat-ehtirom va mehmondo‘stlik uchun Qozog‘iston Prezidentiga samimiy minnatdorlik bildirdi.  Qozog‘iston poytaxtida o‘tgan ushbu sammit ShHT faoliyatini rivojlantirishda tarixiy voqea bo‘lgani alohida ta’kidlandi. Hindiston va Pokistonning Tashkilotga teng huquqli a’zolikka qabul qilingani sammitning asosiy natijalaridan biri sifatida qayd etildi. ShHT doirasidagi faol hamkorlikni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi. 
12.06.2017 | 14:00 Shavkat Mirziyoyev: yangi markaz islom madaniyati taraqqiyotiga xizmat qiladi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi. Davlatimiz rahbari 8-9-iyun kunlari Ostona shahrida o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitidagi nutqida Samarqandda Imom Buxoriy nomidagi xalqaro tadqiqot markazining tashkil etilishi millatlararo, madaniyatlararo munosabatlarni mustahkamlashda muhim qadam bo‘lishini alohida ta’kidladi.  Tashkil etiladigan yangi markaz islom madaniyati va qadriyatlarini targ‘ib qilish, yoshlarimizni turli yot g‘oyalardan asrash, ularning zamonaviy ta’lim-tarbiya olishi, komil inson bo‘lib yetishishi, navqiron avlodning qalbida buyuk ajdodlarimizga munosib bo‘lishdek yuksak tuyg‘ularni shakllantirishga xizmat qiladi.  Prezidentimizga bunyod etilayotgan markazning umumiy konsepsiyasi, atrofini obodonlashtirish bo‘yicha qilinadigan ishlar loyihasi haqida ma’lumot berildi. 
12.06.2017 | 13:58 Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi
Samarqand shahridagi Forumlar majmuasida 10-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning uchrashuvi bo‘ldi.  Prezidentimiz yuqori martabali mehmonni mamlakatimizga tashrifi bilan qutlab, O‘zbekiston BMT va uning tashkilotlari bilan hamkorlik munosabatlarini izchil rivojlantirib boradi, deb ta’kidladi.  Davlatimiz rahbari Bosh kotibga O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirgani uchun minnatdorlik bildirdi.  Islom Karimovning tinchlikparvar siyosati, asosli tashabbuslari va amaliy ishlari mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda muhim asos bo‘lganini jahon hamjamiyati keng e’tirof etayotganini ta’kidlash joiz, dedi davlatimiz rahbari. 
12.06.2017 | 13:55 BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Samarqandda
Birlashgan Millatlar tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish 10-iyun kuni Samarqandga keldi.  Yuqori martabali mehmon O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov hamrohligida Samarqand shahridagi Hazrati Xizr majmuasida bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabriga gul qo‘yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.  BMT Bosh kotibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasiga tashrif buyurdi. Mehmonga mamlakatimizda fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning qonuniy asoslari, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan Xalq qabulxonalari faoliyati, inson huquq va manfaatlarini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida so‘zlab berildi.  Antoniu Guterrish Xalq qabulxonasidagi tibbiyot, ona va bola xonalari hamda fuqarolarni qabul qilish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Fuqarolarni qabul qilish, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish jarayonlarini kuzatdi. 
11.06.2017 | 13:31 O‘zbekiston va Hindiston strategik sheriklikni yanada mustahkamlash tarafdori
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ShHTning Ostona sammiti doirasida Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi.  Davlatimiz rahbari Hindiston Bosh vazirini ShHT sammitida Hindistonning mazkur xalqaro tashkilotga to‘laqonli a’zo sifatida qo‘shilishi to‘g‘risida qaror qabul qilinayotgani munosabati bilan tabrikladi.  Shavkat Mirziyoyev mazkur uchrashuv Hindiston Bosh vaziri Narendra Modining 2016-yil mamlakatimizga amalga oshirgan tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar ijrosini muhokama qilish va hamkorlikning istiqbollarini belgilab olish uchun yaxshi imkoniyat ekanini ta’kidladi. 
10.06.2017 | 13:50 ShHTning Ostona sammiti
Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-9-iyun kunlari Ostona shahrida o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining cammitida ishtirok etdi.  Sammit 9-iyun kuni Ostona shahrining Mustaqillik saroyida ShHTga a’zo davlatlar rahbarlarining tor doiradagi majlisi bilan boshlandi. Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev raisligida o‘tgan majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon ishtirok etdi. 
10.06.2017 | 13:47 O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev EKSPO-2017 xalqaro ko‘rgazmasi ochilish marosimida ishtirok etdi
Ko‘rgazmada O‘zbekiston, Rossiya, AQSh, Xitoy, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Hindiston, Vetnam, Armaniston, Pokiston, Ozarbayjon, Belarus, Kuba, Turkmaniston, Ruminiya, Braziliya singari 120 dan ziyod davlat o‘zining texnologik, ilmiy, madaniy yutuqlarini namoyish etmoqda.  9-iyun kuni EKSPO-2017 xalqaro ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi bo‘ldi.  Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.  Ko‘rgazmaning asosiy mavzusi “Kelajak energiyasi” deb nomlangan. Energiya iste’moli muammosi jahon hamjamiyatini tashvishga solayotgani eng dolzarb masalalardan biridir. Bu borada dunyo hamjamiyati tomonidan samarali faoliyat olib borilmoqda.  Ko‘rgazmada O‘zbekiston faol ishtirok etayotgangani ekspertlar tomonidan e’tirof etilmoqda. Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning namoyishi uchun ikki qavatli bino ajratilgan.   
10.06.2017 | 13:45 Shavkat Mirziyoyev Ispaniya Qiroli bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ShHTning Ostona sammiti doirasida Ispaniya Qiroli Filipp VI bilan muzokara o‘tkazdi.  O‘zbekiston rahbari mamlakatlarimiz o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik munosabatlari uzoq o‘tmishga borib taqalishini ta’kidladi.  Olti asr muqaddam Sohibqiron Amir Temur va Kastiliya qiroli Enrike III sa’y-harakati bilan Samarqandda va Kastiliya poytaxti Segoviyada elchixonalar ta’sis etilgan. O‘zaro hamkorlikning bugungi yuksak darajasiga O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov va Qirol Xuan Karlos I o‘rtasida qaror topgan alohida munosabatlar tufayli erishildi. 
10.06.2017 | 13:42 ShHT Ostona sammiti yakunlandi
Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Ostona sammiti yakunlandi.  Davlat rahbarlari kengashi majlisi yakunlari bo‘yicha qabul qilingan Ostona deklaratsiyasida amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishga oid asosiy yondashuvlar, ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish uchun barcha sa’y-harakatlarni yo‘naltirishga qaratilgan mushtarak intilishlar o‘z ifodasini topgan. 
10.06.2017 | 13:39 ShHT davlat rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida o‘tayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi sammitida ishtirok etmoqda.  Sammit 9-iyun kuni Ostona shahrining Mustaqillik saroyida davlat rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi bilan boshlandi. Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev raisligida o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon ishtirok etdi.  Muzokarada ShHT va uning organlari faoliyatini yanada takomillashtirish, tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, terrorizm, diniy ekstremizm, narkotik moddalar va qurol-yarog‘ kontrabandasiga qarshi birgalikda kurashish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. 
09.06.2017 | 13:29 O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atamboyev bilan uchrashdi
ShHTning Ostona sammiti doirasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘zi uchun ajratilgan qarorgohda Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev bilan uchrashdi.  Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Prezidenti bilan bu galgi uchrashuvi ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, hamkorlik aloqalarni kengaytirishda muhim bosqich bo‘lishi, Samarqanddagi uchrashuvda erishilgan kelishuvlarni mazmunan boyitishini ta’kidladi. 
09.06.2017 | 13:22 O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Bosh vaziri Navoz Sharif bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zi uchun ajratilgan qarorgohda Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Navoz Sharif bilan uchrashdi. Uchrashuvda asosiy e’tibor mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash masalalariga qaratildi.  O‘zbekiston Pokistonning ShHTga a’zo davlat sifatida qabul qilinishini qo‘llab-quvvatlab, tashkilotga raisligi davrida bu masalaga alohida e’tibor qaratdi.  Mamlakatlarimiz xalqaro maydonda bir-birini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo 50 ga yaqin hujjat imzolangan. Mamlakatimizda Pokiston bilan hamkorlikda tashkil etilgan 55 korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. 
09.06.2017 | 13:19 O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahriga keldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-iyun kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Ostona shahriga keldi.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Ostona xalqaro aeroportida Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Asqar Mirzaxmetov va boshqa rasmiy kishilar kutib oldi.  Sammitda ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari tashkilotning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama etishi, mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb muammolari yuzasidan fikr almashishi kutilmoqda. 
08.06.2017 | 13:27 Keng ko‘lamli va samarali uchrashuvlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-iyun kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Ostona shahriga keldi.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Ostona xalqaro aeroportida Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Asqar Mirzaxmetov va boshqa rasmiy kishilar kutib oldi.  Sammitda ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari tashkilotning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari, mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb muammolarini muhokama qiladi.  Majlisda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, ShHT faoliyatini kengaytirish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, shuningdek, terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashni kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
08.06.2017 | 13:25 O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani bilan uchrashdi
ShHTning Ostona sammiti doirasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘zi uchun ajratilgan qarorgohda Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani bilan uchrashdi.  O‘zbekiston va Afg‘oniston xalqlarining urf-odat va an’analari bir-biriga o‘xshash. Ikki davlat o‘rtasida yaqin qo‘shnichilik aloqalari o‘rnatilgan bo‘lib, turli sohalarda samarali hamkorlik qilib kelinmoqda.  Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Afg‘onistondagi vaziyatni siyosiy yo‘l bilan hal etish, mamlakatda barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiyotini rivojlantirish tarafdori ekanini ta’kidladi.