Toshkent shahar M.Ulug`bek tumanida tadbirkorlik sub`ektlari bilan uchrashuv

Nashr uchun 28.06.2017 y. | 12:47 Toshkent shahar M.Ulug`bek tumanida tadbirkorlik sub`ektlari bilan uchrashuv
2017 yil 28 iyun kuni Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumani hokimligi binosida Tashqi savdo vaziri o`rinbosari Sh.To`laganov rahbarligida 30 ga yaqin tadbirkorlik sub`ektlari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. 
Uchrashuvda tadbirkorlik sub`ektlariga O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25 maydagi “Tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlarning eksport qilinishi va raqobatdoshligini ta`minlash yanada rag`batlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5057-sonli Farmoni hamda 21 iyundagi “Mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarni yanada qo`llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ- 3077-sonli Qarori bilan mahalliy tadbirkorlik sub`ektlariga hamda eksportyorlarga yaratilgan qo`shimcha imtiyoz va preferentsiyalar bo`yicha batafsil ma`lumot berildi.
Bundan tashqari, tadbirda vazirlikning “O`ztreyd” AJ tashqi savdo kompaniyasi, Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi, “O`zekspertiza” AJning vakillari ishtirok etib, tadbirkorlik sub`ektlariga eksportni amalga oshirishda ko`maklashish bo`yicha ma`lumot berishdi.
Hozirgi kunda tumandagi tadbirkorlik sub`ektlarining ishlab chiqarish va eksport faoliyatiga to`sqinlik qilayotgan muammolar o`rganilib, ularni hal etishda korxonalarga amaliy yordam ko`rsatildi.
Xususan,“PROTON” МChJ, “NKT Trans” МChJ korxonalariga ishlab chiqarishni kengaytirish uchun joy ajratish, “Lama Standart” МChЖ Qкga eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun xom-ashyo ta`minotini yaxshilash bo`yicha tegishli takliflar ishlab chiqildi.
“O`ztreyd” АJ tashqi savdo kompaniyasi tomonidan tuman korxonalari bilan eksportda hamkorlik qilish yuzasidan muzokaralari olib borildi hamda “Premium Alliance Paper” МChJga mahsulotni eksport qilishda yordam berishga kelishib olindi.
Ushbu tadbirga o`xshash tadbirlar Tashqi savdo vazirligi tomonidan mahalliy hokimliklar bilan birgalikda doimiy ravishda tashkil etib kelinmoqda. Xususan, hozirgi kunga qadar Toshkent shahrining Yashnoobod, chilonzor, Uchtepa, Shayhontohur tumanlarida, Farg`ona viloyatining Toshloq, Quva, Farg`ona tumanlarida Andijon viloyatida tashkil etilib, 200 dan ortiq tadbirkorlik sub`ektlariga eksportyor korxonalarga yaratilgan qo`shimcha imtiyoz va perferentsiyalar to`g`risida ma`lumot berildi hamda ularda mavjud muammolar bo`yicha amaliy yordam ko`rsatildi.