Tashqi savdo vazirligida o`quv seminari

Nashr uchun 11.07.2017 y. | 12:36 Tashqi savdo vazirligida o`quv seminari
Joriy yilning 1 iyul kuni Tashqi savdo vazirligi binosida korruptsiyaga qarshi kurash sohasida vazirlk xodimlarining huquqiy salohiyatini oshirish maqsadida Toshkent davlat yuridik universiteti xalqaro ommaviy huquq kafedrasi o`qituvchisi I. Jurayev ishtirokida “Korruptsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari” mavzusida navbatdagi o`quv seminari bo`lib o`tdi.
Seminar doirasida ishtirokchilarga davlat boshqaruvining barcha sohasida korruptsiyaga qarshi kurashishda amalaga oshirilayotgan qonunchilikdagi islohotlar borasida atroflicha tushunchalar berildi.
Shuningdek, suhbat chog`ida barcha fuqarolik jamiyatining institutlarini, mamlakatimiz taqdiriga befarq bo`lmagan fuqarolarni korruptsiyaga qarshi kurashishda jalb qilish naqadar muhumligi alohida ta`kidlandi.