Tashqi savdo vazirligida navbatdagi o`quv seminari

Nashr uchun 18.07.2017 y. | 13:06 Tashqi savdo vazirligida navbatdagi o`quv seminari
Joriy yilning 18 iyul kuni Tashqi savdo vazirligi binosida korruptsiyaga qarshi kurash sohasida vazirlk xodimlarining huquqiy salohiyatini oshirish maqsadida Adliya vazirligi qoshida yuristlar malakasini oshirish markazi kafedrasi rahbari B.Ismoilov ishtirokida “O`zbekiston Respublikasining korruptsiyaga qarshi kurashda xalqaro majburiyatlari” mavzusida navbatdagi o`quv seminari bo`lib o`tdi.
Seminar doirasida ishtirokchilarga milliy qonunchilikda xalqaro huquq normalarini tadbiq qilish, iqtisodni liberallashtirish chora-tadbirlari, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, kichik va xususiy tadbirkorlik uchun qulay muhit yaratish, adminstrativ qarshiliklarni yo`q qilish va litsenziya hamda ruxsat berish jarayonlarini oddiylashtirish, davlat xizmatchilarining etikasi qonun qoidalarini tasdiqlash mavzularida atroflicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, seminar davomida korruptsiyaga qarshi kurashishda mamlakatning siyosati, mutasaddi organlar tizimi, fuqarolar o`z o`zini boshqarish organi, fuqarolik jamiyati, OAV va fuqarolar shuningdek, ushbu sohada xalqaro hamkorlikning asosiy printsiplari atroflicha muhokama qilindi.