Saudiya Arabistoni delegatsiyasi bilan bo`lib o`tgan uchrashuv to`g`risida

Nashr uchun 04.07.2017 y. | 15:28 Saudiya Arabistoni delegatsiyasi bilan bo`lib o`tgan uchrashuv to`g`risida

Joriy yilning 4 iyulida Tashqi savdo vazirligida Saudiya Arabistoni Qirolligi biznes-delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.
Uchrashuv chog`ida saudiya bozoriga mahalliy kimyoviy, tekstil, oziq-ovqat va elektrotexnika mahsulotlarini to`g`ridan-to`g`ri yetkazish orqali hamda ikki mamlakatda o`tkaziladigan ko`rgazma-savdo tadbirlarida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari ishtirokini faollashtirish, O`zbekiston va Saudiya Arabistoni o`rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga tegishli masalalar atroflicha muhokama qilindi.