«POSCO» kompaniyasi ijrochi direktori bilan bo`lib o`tgan uchrashuv to`g`risida

Nashr uchun 03.07.2017 y. | 16:07 «POSCO» kompaniyasi ijrochi direktori bilan bo`lib o`tgan uchrashuv to`g`risida
Joriy yilning 3 iyul kuni Tashqi savdo vazirligida «POSCO Daewoo Corporation» kompaniyasining Prezidenti va ijrochi direktori Yong Sang Kim bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.
Uchrashuv chog`ida sellyuloza, katod misi, paxta tolalarini Koreya bozorlariga yetkazishni kengaytirish imkoniyatlari borasida gaplashildi.
Bundan tashqari koreya tomoniga tekstil mahsulotlari, trikotaj gazlamalarini, tabiiy teri mahsulotlari, kimyoviy mahsulotlar, mineral o`g`itlar, qora va noyob metallar va boshqalarni yetkazib berish masalasini o`rganish borasida takliflar berildi.