Chexiya Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi bilan bo’lib o`tgan uchrashuv to`g`risida

Nashr uchun 31.05.2017 y. | 12:40 Chexiya Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi bilan bo’lib o`tgan uchrashuv to`g`risida
Joriy yilning 31 may kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligida mamlakatimizda tashqi ishlar bo`yicha siyosiy konsultatsiya o`tkazishga tashrif buyurgan Chexiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri kichik o`rinbosari Ivan Yancharenko bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.
Muzokaralr chog`ida ikki mamalakat o`rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishning joriy holati va istiqbollari muhokama qilindi shuningdek, O`zbekiston Respublikasi eksport imkoniyatlari borasida prezentatsiya o`tkazildi.
Shuningdek, 2017 yilning ikkinchi qismida Pragada o`tkazilishi ko`zda tutilayotgan navbatdagi iqtisodiy, sanoat va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo`yicha Hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig`ilishiga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish borasidagi masalalar ko`rib chiqildi.