“Bir makon, bir yo`l” Xalqaro forumi to`g`risida

Nashr uchun 16.05.2017 y. | 12:23 “Bir makon, bir yo`l” Xalqaro forumi to`g`risida
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin tashabbusi bilan tashkil qilingan oliy darajadagi “Bir makon, bir yo`l” (“BMBY”) deb nomlangan forumda ishtirok etdi. 
Forum ishida 29 ta mamlakat rahbarlari shu jumladan, Argentina, Belorussiya, Chili, Chexiya, Indoneziya, Qozog`iston, Keniya, Laos, Filippin, Rossiya, Shveytsariya, Turkiya, O`zbekiston, Vyetnam, Qirg`iziston Prezidentlari, Kambodja, Efiopiya, Fidji, Gretsiya, Vengriya, Italiya, Malayziya, Mongoliya, Pokiston, Polsha, Serbiya, Ispaniya, Shri-Lanka bosh vazirlari va M`yanma Hukumat sekretari ishtirok etdilar.
Bundan tashqari, AQSh, Janubiy Koreya, XXDR, Germaniya, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi,Yaponiya vakillari, BMT bosh kotibi, ХVF direktori hamda Butun Jahon banki prezidenti ishtirok etdilar. Forumda 130 mingdan ortiq mamlakatdan 1,5 mingga yaqin ishtirokchilari va mehmonlar ishtirok etdilar.
Forum davomida O`zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vaziri ““BMBY” tashabbusi doirasida cheklovlarsiz va o`zaro manfaatli bo`lgan rivojlanish hamda maqsadli almashinuv borasida savdo-iqtisodiy hamkorlikning chuqurlashuvi” mavzusidagi sessiyada ishtirok etdi.
Savdo hajmini oshirishda ko`maklashish, ikki yoqlama investitsiyalarni aktivlashtirish, inklyuziv va mustahkam rivojlanishda yaqindan ko`maklashish shuningdek, savdo-iqtisodiy hamkorlikning boshqa yo`nalishlarida o`zaro hamkorlik istiqbollariga tegishli masalalar muhokama qilindi. Sessiya ishtirokchilari “BYBM” doirasida mustahkam iqtisodiy globalizatsiya, savdo va investitsiyalarda liberalizatsiyani kengaytirish hamda savdoni soddalashtirish, protektsionizmga qarshi kurash, savdo sohasida duch kelinayotgan muammolarni bartaraf qilishda ko`maklashish shuningdek, mamlakatlaning rivojlanishida o`zaro manfaatli bo`lgan imkoniyatlarni kengaytirish naqadar muhimligini ta’kidlab o’tdilar.
Sessiya yakuniga ko`ra ““Bir makon bir Yo`l” doirasida to`siqlarsiz savdo hamkorligini o`rnatishda ko`maklashish bo`yicha tashabbus” hujjati imzolandi.

Tashqi savdo vazirligi Matbuot xizmati