BAA Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi bilan bo`lib o`tgan uchrashuv to`g`risida

Nashr uchun 22.05.2017 y. | 12:04 BAA Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi bilan bo`lib o`tgan uchrashuv to`g`risida
Joriy yilning 22 may kuni Tashqi savdo vazirligida Birlashgan Arab Amirlikalari Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirligi iqtisod va savdo ishlari bo`yicha departament direktori Faxad Obayd Al-Tafak bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.
Uchrashuv chog`ida joriy yilning 18-20 fevral kunlari BAAda O`zbekiston Respublikasi bosh vaziri o`rinbosari R.Azimov boshchiligidagi o`zbekiston delegatsiyasi tashrifining yakuni doirasida kelishiligan savdo-iqtisodiy va investitsiya sohasida kelishuvlarning amalga oshirilishi borasidagi masalalar ko`rib chiqildi.
Tomonlar BAA bozorlariga keng spektrli sanoat mahsulotlari va oziq-ovqat mahsulotlarini (su jumladan qayta ishlangan) yetkazib berishni kengaytirish yo`li bilan ikki yoqlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish naqadar muhimligi borasida o`z fikrlarini bildirdilar.
Shuningdek, BAA shaharlari bozorlarida doimiy yuk yetkazib berish imkoniyatiga ega bo`lgan “Navoiy” xalqaro logistika markazining imkoniyatlaridan foydalanish istiqbollari ta’kidlab o`tildi.
Bundan tashqari tomonlar turizm, energetika, oziq-ovqatni qayta ishlash va bank-moliya sohasida hamkorlik hamda savdo-iqtisodiy hamkorlik bo`yicha Hukumatlararo Komissiya yig`ilishini faollashtirish masalalarida chiqish qildilar.