Afg`oniston delegatsiyasi bilan bo`lib o`tgan uchrashuv to`g`risida

Nashr uchun 31.05.2017 y. | 12:57 Afg`oniston delegatsiyasi bilan bo`lib o`tgan uchrashuv to`g`risida
Joriy yilning 31 may kuni Tashqi savdo vazirligida Afg`oniston Islom Respublikasi Prezidentining qishloq xo`jaligi va rivojlanish bo`yicha katta Maslahatchisi Abdul Xamid Xelmandi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.
Uchrashuv chog`ida shu yilning 23-25 yanvar kunlari O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A.Kamilov boshchiligidagi delegatsiyaning Afg`onistonga tashrifi doirasida imzolangan mamlakatlar o`rtasida to`laligicha hamkorlik qilish bo`yicha “Yo`l xaritasi” tadbirining rivojlantirish masalalari ko`rib chiqildi.
Shu bilan birgalikda, tomonlar Qobuldagi AJ “O`zsanoateksport” savdo uyi mexanizmi orqali oziq-ovqat mahsulotlari bug`doy, mineral o`g`itlar va qishloq xo`jaligi texnikalarini Afg`onistonning ortib borayotgan talablari asosida yetkazib berish masalalarini atroflicha muhokama qildilar.