Vazirliklar yangiliklari

Davrda.davrdan...:   Select date in calendar   gacha:   Select date in calendar    
31.05.2017 | 12:57 Afg`oniston delegatsiyasi bilan bo`lib o`tgan uchrashuv to`g`risida
Joriy yilning 31 may kuni Tashqi savdo vazirligida Afg`oniston Islom Respublikasi Prezidentining qishloq xo`jaligi va rivojlanish bo`yicha katta Maslahatchisi Abdul Xamid Xelmandi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.
31.05.2017 | 12:40 Chexiya Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi bilan bo’lib o`tgan uchrashuv to`g`risida
Joriy yilning 31 may kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligida mamlakatimizda tashqi ishlar bo`yicha siyosiy konsultatsiya o`tkazishga tashrif buyurgan Chexiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri kichik o`rinbosari Ivan Yancharenko bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.
29.05.2017 | 16:15 Uzbekistan AGROTECH EXPO-2017
30 may kuni poytaxtimizdagi “O'zekspomarkaz” milliy ko'rgazma majmuida, qishloq xo'jaligi uchun texnologiyalar va uskunalarning XII“Uzbekistan AGROTECH EXPO-2017” hamda qishloq xo'jaligi texnikasi, mashinalari va asbob-uskunalarining VI- «Uzbekistan AGROMASH EXPO-2017» xalqaro ixtisoslashtirilgan ko'rgazma savdolari ish boshlaydi. Ushbu ko’rgazmalar 2 iyungacha davom etadi va shubhasiz joriy yilning eng muhim tadbirlaridan biri bo’ladi.  Mamlakatimiz qishloq xo’jaligi komplekslari oldida turgan muhim maqsadlarni hisobga olgan holda aytish mumkinki, bu kabi tadbirlar juda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
25.05.2017 | 16:35 O`zbekiston-Turkiya savdo-qitisodiy hamkorlik bo`yicha Hukumatlararo komissiya yig`ilishida
Joriy yilning 25-may kuni Toshkent shahrida O`zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o`rtasida savdo-iqtisodiy masalalar bo`yicha Hukumatlararo Komissiya yig`ilishi bo`lib o`tdi. Komissiya yig`ilishi O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari R.Azimov va Turkiya Bosh vaziri o`rinbosari Yildirim Tugrul Turkesh boshchiligida o`tkazildi. Shuningdek, tadbirda ikki mamlakatning taklif qilingan vazirlik, idoralar va tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar. Kun tartibiga muvofiq yig`ilish davomida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnika, turizm, transport, kommunikatsiya sohasida hamkorlikning joriy holati va istiqbollari muhokama qilindi.
22.05.2017 | 12:04 BAA Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi bilan bo`lib o`tgan uchrashuv to`g`risida
Joriy yilning 22 may kuni Tashqi savdo vazirligida Birlashgan Arab Amirlikalari Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirligi iqtisod va savdo ishlari bo`yicha departament direktori Faxad Obayd Al-Tafak bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Uchrashuv chog`ida joriy yilning 18-20 fevral kunlari BAAda O`zbekiston Respublikasi bosh vaziri o`rinbosari R.Azimov boshchiligidagi o`zbekiston delegatsiyasi tashrifining yakuni doirasida kelishiligan savdo-iqtisodiy va investitsiya sohasida kelishuvlarning amalga oshirilishi borasidagi masalalar ko`rib chiqildi.
16.05.2017 | 12:23 “Bir makon, bir yo`l” Xalqaro forumi to`g`risida
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin tashabbusi bilan tashkil qilingan oliy darajadagi “Bir makon, bir yo`l” (“BMBY”) deb nomlangan forumda ishtirok etdi.  Forum ishida 29 ta mamlakat rahbarlari shu jumladan, Argentina, Belorussiya, Chili, Chexiya, Indoneziya, Qozog`iston, Keniya, Laos, Filippin, Rossiya, Shveytsariya, Turkiya, O`zbekiston, Vyetnam, Qirg`iziston Prezidentlari, Kambodja, Efiopiya, Fidji, Gretsiya, Vengriya, Italiya, Malayziya, Mongoliya, Pokiston, Polsha, Serbiya, Ispaniya, Shri-Lanka bosh vazirlari va M`yanma Hukumat sekretari ishtirok etdilar.
03.05.2017 | 12:02 Tarmoqlararo sanoat yarmarkasi ochildi
Joriy yil 3-5 may kunlari “O`zekspomarkaz” Milliy ko`rgazmalar kompleksida Qishloq va suv xo`jaligi, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari kompleksi, eksport salohiyatini va mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi Tarmoqlararo sanoat yarmarkasi ochildi.
29.03.2017 | 15:34 Latviyaning Qishloq xo’jaligi vaziri bilan bo’lib o’tgan uchrashuv to’g’risida
Joriy yilning 29 mart kuni O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Latviyaning Qishloq xo’jaligi vaziri Yanis Duklavs bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
24.03.2017 | 12:37 Navbatdagi kichik qo`mita yig`ilishi
Joriy yilning 24 mart kuni Toshkentda O`zbekiston-Xitoy hamkorlik bo`yicha Hukumatlararo qo`mitasining savdo-iqtisodiy hamkorlik bo`yicha kichik qo`mitasi 5-yig`ilishi bo`lib o`tdi. Yig`ilishda Xitoy Xalq Respublikasi savdo vaziri o`rinbosari Fan Aytsin va O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E.Ganiyevlar raislik qildilar.  Tadbirda tomonlar 4- kichik qo`mita yig`ilishi yakuniga ko`ra erishilgan natijalarni shuningdek, ikki yoqlama o`zaro manfaatli bo`lgan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliya-texnkaviy, va transport-kommunikatsiya sohalarida ikki mamlakat o`rtasida hamkorlik loyihalarini jadal rivojlantirishni davom ettirish masalalarini muhokama qildilar.
23.02.2017 | 12:13 O`zbekiston-Qozog`ston Hukumatlararo komissiya yig`ilishi
 Joriy yilning 23 -fevral kuni O`zbekiston Respublikasiga Qozog`iston Respublikasi bosh vaziri o`rinbosari A.Mamin boshchiligidagi delegatsiya tashrifi doirasida poytaxtimizdagi biznes markazda ikki yoqlama hamkorlik bo`yicha O`zbekiston Respublikasi va Qozog`ston Respublikasi o`rtasida qo`shma 16- Hukumatlararo komissiya yig`ilishi bo`lib o`tdi.   Yig`ilish chog`ida tomonlar Komissiyaning 15-yig`ilishi doirasida qabul qilingan qarorlar ijrosi, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik, shartnomaviy-huquqiy asosni istiqbolda kengaytirish shuningdek, bojhona, neftegaz, madaniy-gumanitar, atrof -muhit muhofazasi va boshqa masalalar yuzasidan fikrlar almashdilar va muhokama qildilar.
17.02.2017 | 14:51 O`zbekiston-Rossiya Hukumatlararo komissiya yig`ilishida
 Joriy yilning 15 fevral kuni Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi o`rinbosari Dmitriy Kozak boshchiligidagi delegatsiya ikki mamlakat o`rtasida iqtisodiy hamkorlik bo`yicha 18- Hukumatlararo komissiya yig`ilishiga ishtirok etish uchun O`zbekiston Respublikasiga tashrif buyurdi.  Yig`ilish chog`ida tomonlar 25 mart 2016 yil Moskva shahrida bo`lib o`tgan 17- komissiya yig`ilishi yakuni bo`yicha imzolangan bayonnoma qarorini bajarilishi yuzasidan tegishli masalalarni shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari shuningdek, transport, ilmiy-texnikaviy, atrof muhitni himoya qilish masalalarini atroflicha muhokama qildilar.
15.02.2017 | 11:57 Koreya tekstil sanoati federatsiyasi (KOFOTI) va Koreya sanoati texnologiyalari instituti (KITECH) delegatsiyasi vakillari bilan bo’lgan uchrashuv to’g’risida
  15 fevral kuni Tashqi iqtisodiy aloqalar, invistitsiyalar va savdo vazirligida Koreya tekstil sanoati federatsiyasi (KOFOTI) va Koreya sanoat texnologiyalari instituti (KITECH) delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.   Uchrashuv davomida xorijiy davlat vakillariga chet ellik investorlar uchun tekstil sanoati sohasida va Respublikamizning erkin iqrisodiy zonalarida yaratilgan imkoniyatlar, beriladigan imtiyoz va pereferensiyalar haqida to’liq ma’lumot berildi. 
13.02.2017 | 17:18 Singapur elchisi bilan bo’lib o’tgan uchrashuv to’g’risida
13 fevral kuni Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Singapurning O’zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Zulfikli bin Baxaruddin bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuv chog’ida ikki davlat o’rtasidagi o’zaro manfaatli savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va texnologik hamkorlikni kengaytirish istiqbollari atroflicha ko’rib chiqildi.
09.02.2017 | 16:24 Chexiya Respublikasi deputatlar palatasi raisi Y.Gamachek bilan bo`lib o`tgan uchrashuv to`g`risida
Joriy yilning 9 fevral kuni Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Chexiya Respublikasi deputatlar palatasi raisi Yan Gamachek bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.
06.02.2017 | 15:18 YRRB delegatsiyasi bilan bo`lib o`tgan uchrashuv to`g`risida
Joriy yilning 6 fevral kuni TIAISVda Yevropa rekonstruktsiya va rivojlanish bankining Markaziy Osiyo va Rossiya bo`yicha boshqaruv direktori N.Xanjikova boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Uchrashuv chog`ida ikki yoqlama investitsiyaviy va moliya-texnikaviy hamkorlikning joriy holati va istiqbollari muhokama qilindi.
01.02.2017 | 16:33 Navbatdagi O`zbekiston-Amerika savdo palatasining yig`ilishi
1 fevral kuni Toshkent shahrida navbatdagi Amerika-O`zbekiston savdo palatasining (AO`SP) yig`ilishi bo`lib o`tdi. Tadbirda amerikaning 30 dan ortiq “Djeneral Motors”, “Kameko”, “Xonevell”, “Djeneral Elektik”, “Keys Nyu Xolland”, “Katerpillar”, “Djon Dir”, “Koka-Kola” kabi yetakchi kompaniya vakillari ishtirok etishdi.  Tadbir davomida O`zbekiston va Amerika kompaniyalarining mashinasozlik, avtomobilsozlik, farmatsevtika, neftegaz va neftkimyo, kimyo sanoati, elektron va elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish, oziq-ovqat, ta’lim va boshqa sohalarda ikki yoqlama hamkorlik istiqbollariga bag`ishlangan prezentatsiyalar taqdim etildi. 
12.01.2017 | 15:13 Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasining O'zbekiston Respublikasidagi rahbari bilan bo'lib o'tgan uchrashuv to'g'risida
Joriy yilning 12 yanvar kuni Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Yevropa Ittifoqining O'zbekiston Respublikasidagi diplomatik missiyasi rahbari Eduard Stiprais bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
09.01.2017 | 17:40 Afg`oniston Islom Respublikasi delegatsiyasi bilan bo’lib o`tgan uchrashuv to`g`risida
 Joriy yilning 9 yanvar kuni Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Xekmet Karzay boshchiligidagi Afg`oniston Islom Respublikasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. 
05.01.2017 | 17:51 Turkiya Respublikasi delegatsiyasi bilan bo`lib o`tgan uchrashuv to`g`risida
  Joriy yilning 5 yanvar kuni Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari bilan hamkorlik bo`yicha Bosh boshqarmasi boshlig`i Sh.V.Altay boshchiligidagi Turkiya delegatsiyasi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. 
26.12.2016 | 14:54 O'zbekiston-Afg'oniston Hukumatlararo Komissiyasining ikkinchi yig'ilishi
  2016 yil 26 dekabrda Toshkent shahrida O’zbekiston Republikasi va Afg’oniston Islom Republikasi o’rtasida savdo, transport va energetika bo’yicha komissiyasining ikkinchi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilish O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E.Ganiyev va AIR Prezidenti katta maslahatchisi X.Qayumiy raisligi ostida o’tkazildi.   Qo’shma komissiya yig’ilishda ikki mamlakatning bir qator vazirlik, idoralar va xo’jalik birlashmalari vakillari hususan, Afg’oniston tomonidan asosan qishloq xo’jaligi, irrigatsiya va chorvachilik, jamoatchilik ishlari, transport va fuqarolik aviatsiyasi, savdo va sanoat, sog’likni saqlash vazirliklari vakillari tashkil etdi.