Vazirlik

Vazirlikning funksiya va vazifalari

Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

tashqi savdo faoliyati sohasida yagona davlat siosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;

jahon bozorlarining kompleks marketing tadqiqotlarini olib borish, O'zbekiston Respublikasining export salohiyatini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishda ko’maklashish, tashqi bozorlardagi talab- ehtiojlarni hisobga olgan holda O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilaotgan yuqori qo’shilgan qiymatli mahsulotlarning raqobatdoshligini kuchaytirish va amaliy rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

ho’jalik yurituvchi subektlar tomonidan ishlab chiqarilaotgan mahsulotlar turi va hillarini tizimli asosda tahlil qilish, tashqi bozorlarda uning raqobatdoshligi darajasini aniqlash, tegishli malumotlar bazasini shakllantirish;

tovarlar, ishlari va hizmatlari exportini qo’llab-quvvatlash, O'zbekiston Respublikasining horijy davlatlar bilan savdo hamkorligini kengaytirish va mustahkamlashga ko’maklashish, O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlar, ishlari va hizmatlarning tashqi bozorlarga chiqishi uchun qulay shart-sharoitlarni taminlash, sotish bozorlarini diversifikatsiyalashga yo’naltirilgan tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

ishonchli horijiy savdo sheriklarni izlash va tanlashda hujalik yurutivchi subjectlarga, shuningdek, mahalliy korhonalarning tender savdolarida, halqaro savdo-sanoat kurgazmalari, yarmarka va horijiy mamlakatlarda o’tkaziladigan boshqa shundai tadbirlarda ishtirok etishlariga amaliy yordam kursatish;

import bo’yicha keltiriladigan tovarlar (ishlari, hizmatlari) ning hajmi va tarkibini chuqur tahlil qilish, mahally hom ashyo negizida import o’rnini bosadigan tayor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarish hamda ularni mahalliylashtirish masalalari yuzasidan takliflar ishlab chiqish, mamlakatimizda ishlab chiqarilaotgan mahsulotlar sifatini oshirish bo’yicha concept va dasturlar chiqishda qatnashish;

tashqi savdo asosiy ko’rsatkichlari parametrlarini shakllantirishda va O'zbekiston Respublikasining bojhona tarif siyosatini takomillashtirishda ishtirok etish, tashqi savdoni liberallashtirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish;

tovarlar (ishlar va hizmatlar), shu jumladan, o’ziga hos tovarlar va sanoat mahsulotlari tashqi savdosi, shuningdek, tashqi savdoda tariff va notarıf boshqaruvchi choralarini qo’lash sohasida davlat siyosatini amalga oshirish bilan bogliq tadbirlarni muvofiqlashtirish;

tashqi iqtisody faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish choralarini amalga oshirish bo’yicha takliflar kiritish;

O'zbekiston Respublikasining tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish, hususan salohiyatini transit, logistika va transport yo’laklarini rivojlantirish masalalari bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish.

Vazirlik o'ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi;

Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida yagona davlat siyosati o'tkazilishini, eksportni rag'batlantirishni, xorijiy investitsiyalarni jalb etishni, tashqi savdoni erkinlashtirishni, tashqi savdo aloqalarini kengaytirish va mustahkamlashni ta'minlash sohasida:

Davlat boshqaruv organlarining tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish sohasidagi ishlarini muvofiqlashtiradi;

O'zbekiston Respublikasini tashqi iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarini ishlab chiqishda, tashqi savdo, valyuta balansining asosiy indikatorlari parametrlarini shakllantirishda hamda mamlakatning valyuta, bojxona-tarif va soliq siyosatini takomillashtirishda qatnashadi;

Teng sheriklik va kamsitmaslik printsiplariga asoslangan tashqi iqtisodiy faoliyatni erkin va teng huquqli amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratishda qatnashadi;

Tovarlar, shu jumladan qishloq xo'jaligi mahsulotlari, to'qimachilik tovarlari, fuqaro aviatexnikasi bilan xalqaro savdo qilish, xizmatlar ko'rsatish, intellektual mulk ob'ektlari bilan xalqaro savdo qilish, davlat haridlarini, yuklab junatishdan oldingi inspektsiyani amalga oshirish, tashki savdoda sanitariya, fitosanitariya va texnik chora-tadbirlarning qo'llanishi soxasida davlat siyosati o'tkazilishi bilan bog'liq tadbirlarni muvofiqlashtiradi;