Axborot xizmati

Ko`rgazmalar

01.09.2016 | 19:16 XII Xalqaro o'zbek paxta va to'qimachilik yarmarkasi oktabr oyida bo'lib o'tadi
2016 yilning 8 iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “XII Xalqaro o'zbek paxta va to'qimachilik yarmarkasini tashkil etish va o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarori qabul qilindi. Unga ko'ra, joriy yilning 12–13 oktyabr kunlari Toshkent shahrida XII Xalqaro o'zbek paxta va to'qimachilik yarmarkasi bo'lib o'tadi.
11.02.2016 Uzbekistan Agrominitech Expo-2016
Muntazam o’tkazilib kelinayotgan Xalqaro ixtisoslashtirilgan qishloq xo’jaligi uchun mini-texnologiylar va ixcham uskunalarining ko’rgazma-savdosi “Uzbekistan Agrominitech Expo”, mintaqadagi ko’rgazmali tadbirlar orasida o’zining munosib o’rnini egalladi. 2006-2015 yillar mobaynida ushbu ko’rgazma-savdoning muvafaqqiyatli o’tkazilib kelinishi davrida Yevropa, Isroil, Janubiy Korea, Xitoy, Turkiya kabi 35 dan ortiq mamlakatlarning 350 dan ortiq kompaniyalari ishtirok etdilar. Ko’rgazmaga 40 mingdan ortiq kichik biznes, agrofirma, fermer xo’jaliklari vakillari tashrif buyurishdi. Ko’rgazma natijalariga ko’ra 2800 dan ortiq umumiy qiymati 100 million dollar bo’lgan nomiyish etilgan uskunalarni yetkazib berish uchun shartnomalar tuzildi va amalga oshirildi.

Press reliz

Ma`lumot mavjud emas